Du - Juma 08:00 - 18:00 +998 (75)-223-05-30yordam@dehmedkollej.uz
Talabalar
120,000+
Shifokorlar
Oliy ma'lumotli
Darslar
Sifatli ta'lim

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatli texnikumlari etib qayta tashkil etiladi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatli texnikumlari etib qayta tashkil etiladi. Bu Prezidentning 7-apreldagi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiqSamarqand viloyatida – 7 ta, Fargʻonada – 5 ta, Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida – 4 tadan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida – 3 tadan, Navoiy viloyatida – 2 ta, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida – 1 tadan tibbiyot kolleji qayta tashkil etiladi.

Texnikumlarda moddiy-texnika bazasi yana-da kuchaytiriladi, amaliyot xonalari belgilangan normativlarga asosan jihozlanadi, oʻquv-simulyatsion auditoriyalar tashkil etiladi. Bu yerda valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya diyetologiya farmakologiya kineziologiya, reabilitologiyava profpatologiya fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi.

Oʻquv rejalari va fan dasturlari ilgʻor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqiladi. Texnikumlarda dars mashgʻulotlari tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda masofaviy taʼlim orqali oʻtkaziladi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishini davom ettiradilar. Ular kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oʻqishga qabul qilinadi.

Joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari Sogʻliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.